BCG: Oʻzbekiston xorijiy investorlar izlayotgan qulay manzil

20/05/2019 - 13:02 836

MDXMI bitiruvchilarining V xalqaro forumi doirasida “Boston Consulting Group”ning Oʻzbekiston investitsiyaviy muhiti tahlillariga bagʻishlangan taqdimoti oʻtkazildi.

BCG: Oʻzbekiston xorijiy investorlar izlayotgan qulay manzil

BCG boshqariladigan konsaltingga ixtisoslashgan xalqaro kompaniya hisoblanadi. Bugungi kunda BCG dunyoning 50 davlatida 90 dan ziyod ofislarga ega.

BCG tahlillariga koʻra, bugungi kunda jahon bozorlaridagi beqaror holat, sarmoyalarning xatarga duch kelayotgani xorijiy investorlarni siyosiy, iqtisodiy barqaror, mablagʻlarni koʻpaytirish imkoniyatlariga ega yangi bozorlarni izlashga majbur qilmoqda.

photo_2019-05-19_15-23-34.jpg

- Markaziy Osiyo mamlakatlari, xususan Oʻzbekiston xorijiy investorlar uchun ana shunday salohiyatga ega, har tomonlama qulay manzil, - dedi BCG boshqaruvchi direktori Vladislav Butenko, forum doirasida jurnalistlarga bergan intervyusida.

Uning taʼkidlashicha, mamlakatimizda kechayotgan modernizatsiya jarayonlari xorijiy investorlarning Oʻzbekistonga boʻlgan qiziqishini oshirib, bu yerda sarmoyador mablagʻi xatarlardan holi ekanligi, uni koʻpaytirish imkoniyatlari borligiga ishontirmoqda.

- BCG oʻz missiyasi doirasida xorijiy investitsiyalarni jalb qilish boʻyicha Oʻzbekiston hukumatiga koʻmak bermoqda, -dedi V.Butenko. - Hozirda turli tarmoqlar boʻyicha investitsiya strategiyasini ishlab chiqmoqdamiz.

photo_2019-05-19_15-23-19.jpg

photo_2019-05-19_15-23-28.jpg

photo_2019-05-19_15-23-31.jpg

Forum davom etmoqda.

Manba: OʻzA

Veb-sayt test holatida ishlamoqda.