“Sanoat korxonalarining energiya samaradorligini oshirish” Loyihasi – hududlarga xorijiy investitsiyalarni jalb etish bo‘yicha maqbul imkoniyatlar

22/02/2019 - 19:43 2641

Davra suhbatlarini o‘tkazish doirasida, 2019 yil 18-21 fevral kunlari Buxoro, Navoiy, Samarqand va Qarshi shaharlarida ishlab chiqarish korxonalarida, shu jumladan kichik biznes sub'yektlari, xamda tijorat banklarining vakillari ishtirokida uchrashuvlar o‘tkazildi.

Mazkur davra suhbatining asosiy maqsadi – ishlab chiqarish korxonalarida, shu jumladan kichik biznes sub'yektlarida energiya tejovchi texnologiyalarni joriy etish tajribasi hamda energiya samaradorligini oshiruvchi tadbirlarga investitsiya jalb etishning foyda va afzalliklarini ko‘rsatishdan iborat.

Tadbir hududlardagi tadbirkorlar, sanoat korxonalari hamda tijorat banklari vakillari ishtirokida bo‘lib o‘tdi. Davra suhbati davomida Loyihaning afzalliklari va kredit mablag‘lari hisobidan loyihalarni moliyalashtirish tartiblari to‘g‘risida batafsil ma'lumot berildi.

Shu bilan birga tadbir davomida “Qizilqumsement” AJ, “Navoiazot” AJ, Muborak gazni qayta ishlash korxonasi, “Sho‘rtanneftegaz” MCHJ, “Muborakneftegaz” MCHJ kabi yirik korxonalar vakillari Loyiha doirasida energosamardor uskunalarni joriy etish natijalari va tajribalari to‘g‘risida ishtirokchilar bilan o‘rtoqlashdilar.

Navbatdagi davra suhbati Toshkent shahrida o‘tkaziladi.

“Sanoat korxonalarining energiya samaradorligini oshirish” loyihasining muvofiqlashtirish guruhi