Saifnazarov Saxib Ismailovich

17/01/2019 - 16:42 2178

Tarjimai hol

1973-yilda Toshkent shahrida tug‘ilgan. Millati – o‘zbek.

Ma'lumoti: oliy, 1996-yilda Toshkent davlat iqtisodiyot universitetini tamomlagan.

2019-yilda O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va sanoat vazirining o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi.

Mehnat faoliyati

1991-1996 yy. – Toshkent davlat iqtisodiyot universitetining talabasi 
1996-1998 yy. – “O‘zqishloqmash” ishlab chiqarish birlashmasining rejalashtirish va iqtisodiyot bo‘limi iqtisodchisi 
1996-1999 yy. – Toshkent davlat iqtisodiyot universitetining aspiranti 
1999-2001 yy. – Toshkent viloyati hokimligi Ijro kabineti axborot-tahlil guruhining mutahassisi
2001-2001 гг. – O‘zbekiston Respublikasi Makroiqtisodiyot va statistika vazirligi nazorat sektorining yetakchi mutahassisi
2001-2003 yy. – O‘zbekiston Respublikasi Makroiqtisodiyot va statistika vazirligi nazorat sektorining rahbari
2003-2004 yy. – O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi Ishlar boshqarmasi nazorat guruhining rahbari
2004-2005 yy. – O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi Kommunikatsiyalar va axborot texnologiyalari bo‘limi rahbarining o‘rinbosari
2005-2009 yy. – O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi Kommunikatsiyalar, transport va axborot texnologiyalarini rivojlantirish boshqarmasining boshlig‘i
2009-2012 yy. – O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi Sanoatni rivojlantirish va iqtisodiyotni modernizatsiya qilish Bosh boshqarmasining boshlig‘i
2012-2017 yy. – “Angren” erkin iqtisodiy zonasi Direksiyasi” DUK direktori
2017-2017 yy. – O‘zbekiston Respublikasi Avtomobil yo‘llari davlat qo‘mitasi raisining o‘rinbosari
2017-2019 yy. – O‘zbekiston Respublikasi Tashqi savdo vazirining o‘rinbosari
2019 y. - h.v. – O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va sanoat vazirining o‘rinbosari.