Tarjimai hol

16/01/2019 - 11:27 2062

Tarjimai hol

Aripov Jasur Alimovich 1975-yilda Jizzax viloyatida tug‘ilgan. Millati – o‘zbek.

Ma'lumoti: oliy, 1997-yilda Jizzax politexnika instituti, 2001-yilda Toshkent moliya institutini tamomlagan.

2019-yilda O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va sanoat vazirining o‘rinbosari - Urbanizatsiya agentligi direktori lavozimiga tayinlandi.

Mehnat faoliyati
1997-1998 yy. – “O‘zsavdogarbank” Jizzax viloyat bo‘limi tarmoq ma'muri, bo‘lim boshlig‘i vazifasini bajaruvchi    
1998-1998 yy. – “O‘zsayohatinvestbank” yetakchi mutaxassisi    
1998-2004 yy. – O‘zmilliybank Toshkent shahar bosh boshqarmasi yetakchi mutaxassisi,  bosh mutaxassisi, bo‘lim boshlig‘i, boshqarma boshlig‘i o‘rinbosari    
2004-2007 yy. – O‘zmilliybank loyihalarni moliyalash markazi loyihalar tahlili boshqarmasi agrosanoat kompleksi va xududiy korxonalar loyihalari bo‘limi boshlig‘i    
2007-2008 yy. – O‘zmilliybank loyihalarni moliyalash markazi loyihalar tahlili boshqarmasi boshlig‘i vazifasini bajaruvchi    
2008-2009 yy. – O‘zmilliybank loyihalarni moliyalash markazi direktorining birinchi o‘rinbosari    
2009-2013 yy. – O‘zmilliybank loyihalarni moliyalash markazi direktori o‘rinbosari    
2013-2014 yy. – O‘zmilliybank loyihalarni moliyalash markazi direktori vazifasini bajaruvchi
2014-2015 yy. – O‘zmilliybank loyihalarni moliyalash markazi direktori    
2015-2017 yy. – O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Yangidan quriladigan va rekonstruksiya qilinadigan ishlab chiqarish quvvatlari loyihalarining texnik-iqtisodiy asoslanishini, texnika va texnologiyalarni ekspertizadan o‘tkazib baholash agentligi direktori o‘rinbosari    
2017-2017 yy. – O‘zbekiston Respublikasi Hisob palatasi Byudjet va byudjetdan tashqari jamg‘armalar mablag‘larini maqsadli ishlatilishi guruhi yetakchi inspektori    
2017-2018 yy. – O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Majburiy ijro byurosi direktorining birinchi o‘rinbosari    
2018 y. - 2019 – O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasi raisining birinchi o‘rinbosari    
2019 y. - h.v. – O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va sanoat vazirining o‘rinbosari - Iqtisodiyot va sanoat vazirligi huzuridagi Urbanizatsiya agentligi direktori.