O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi qarori loyihasi

24/12/2018 - 12:05 662

Mazkur qaror loyihasi ilovasi bilan "O‘zbekiston Respublikasi normativ huquqiy hujjatlar loyihalarining muhokamasi" portaliga joylashtirilgan.

O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida
(O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasining fuqaro aviatsiyasini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 2018 yil 27 noyabrdagi PF-5584-son Farmoni)

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasining fuqaro aviatsiyasini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 2018-yil 27-noyabrdagi PF-5584-son Farmoniga muvofiq Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:

1. O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi, O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi, O‘zbekiston Respublikasi Parvozlar xavfsizligini nazorat qilish davlat inspeksiyasi, “O‘zbekiston havo yo‘llari” Milliy aviakompaniyasi, “O‘zstandart” agentligining xo‘jalik yurituvchi sub'yektlar ishlab chiqaruvchilarining muvofiqlik sertifikatini (uchishga yaroqlilik sertifikati) taqdim etilganda, havo kemasini va aviadvigatellarini ta'mirlash va texnik xizmat ko‘rsatish uchun olib kiriladigan butlovchi buyumlar, ehtiyot qismlar, detallar, yer usti uskunalar, asbob-uskunalar va materiallarni majburiy sertifikatlashtirishdan ozod etish to‘g‘risidagi takliflariga rozilik berilsin.

2. O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ilovaga muvofiq ayrim qarorlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilsin.

3. Vazirliklar va idoralar o‘zlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni ikki oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirsinlar.

4. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi o‘rinbosari - “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ boshqaruvi raisi A.J.Ramatov zimmasiga yuklansin.


O‘zbekiston Respublikasining
Bosh vaziri                                                         A. Aripov

 

Mazkur qaror loyihasi ilovasi bilan "O‘zbekiston Respublikasi normativ huquqiy hujjatlar loyihalarining muhokamasi" portaliga joylashtirilgan.