Noruda foydali qazilmalarni o‘z ichiga olgan yer qa'ri uchastkalaridan foydalanish huquqi uchun litsenziyalar berish to‘g‘risida

26/02/2019 - 15:14 61289

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2011-yil 2-maydagi "Noruda foydali qazilmalarni o‘z ichiga olgan yer qa'ri uchastkalaridan foydalanish huquqi uchun litsenziyalar berish tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida"gi PQ-1524-sonli hamda 2017-yil 24-maydagi “Noruda foydali qazilmalarni o‘z ichiga olgan yer qa'ri uchastkalaridan foydalanish huquqi uchun litsenziyalar berish tartibini takomillashtirish to‘g‘risida”gi PQ-3002-sonli Qarorlari bilan tasdiqlangan Noruda foydali qazilmalarni o‘z ichiga olgan yer qa'ri uchastkalaridan foydalanish huquqi uchun litsenziyalar berish bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining yangilangan Komissiyasi tomonidan litsenziyalar beriladi.

Ushbu komissiya tarkibiga Iqtisodiyot va sanoat vazirligining vakili ham a'zo. 

Iqtisodiyot va sanoat vazirligi O‘zbekiston Respublikasi Davlat geologiya va mineral resurslar qo‘mitasi (Davgeolqo‘m) tomonodan taqdim etilgan yer qa'ridan foydalanuvchilarning asosiy texnik-iqtisodiy asoslarining moliyaviy-iqtisodiy ko‘rsatkichlarini belgilangan tartibda ko‘rib beradi.

Davgeolqo‘mning rasmiy veb-saytida litsenziya olish arizalarida taqdim etiladigan xujjatlar ro‘yxati, kvalikatsion talablar va boshqa ma'lumotlar joylashtirilgan. 

Veb-sayt test holatida ishlamoqda.