Media tur davom etmoqda

27/09/2017 - 16:05 4730

Avval xabar qilinganidek, Iqtisodiyot vazirligi Jahon banki huzuridagi “Sanoat korxonalarida energiya samaradorligini oshirish” deb nomlangan Guruh loyihasi doirasida navbatdagi media tur davom etmoqda.

Kuni kecha vazirlik delegatsiyasi OAV vakillari bilan hamkorlikda Farg‘ona vodiysi viloyatining «Qo‘qonspirt” Aksiyadorlik jamiyati hududida bo‘lishib, yuqoridagi loyiha doirasida amalga oshirilgan ishlar bilan tanishishdi va quyidagi axborotlarga ega bo‘lishdi: 

Korxonadagi Uglekislota stansiyasi 1995-yilda foydalanishga topshirilgan. Sexda o‘rnatilgan  uskunalar ishlab chiqarish quvvati soatiga 600 kg tashkil etgan.  Uskunalar eksperimental bo‘lib, energiya resurslarini ko‘p miqdorda sarflagan, jumladan elektr energiyani yiliga 2,4 mln. KVt sarf qilgan. Sexda ishlab chiqarilgan uglekislota gazi yaxshi tozalanmagan bo‘lib, ko‘p miqdordagi aralashmalarni o‘z ichiga olgani bois, iste'molchilar tomonidan kam talab bo‘lgan. 

Shuning uchun 2009-yilda Jamiyat rahbariyati tomonidan ushbu sexning faoliyatini to‘xtatishga qaror qabul qilingan. Sex to‘xtatilgan davrdan boshlab, uglekislota gazini rekuperatsiya qilish uchun mo‘ljallangan uskunalarni ishlab chiqaruvchilarni o‘rganish ishlari boshlangan. Izlanish natijalarida, investitsion loyiha ishlab chiqilib, bu loyiha O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2010-yil 15-dekabrdagi 1442-sonli va 2013-yildagi 2069-sonli qarorlariga kiritilgan. Natijada, Jahon Banki qoshidagi Xalqaro taraqqiyot uyushmasi (MAR) tomonidan hamda «O‘zSanoatQurilishBank» tijorat bankining kreditlari hisobidan moliyalashtirilgan.

MARning talablari bo‘yicha 2013-yilning noyabr oyida ochiq tender e'lon qilingan va 2014-yil 26-fevralda tender natijalariga ko‘ra, Xitoyning «Gongtong» kompaniyasi g‘olib deb topilgan. 2014-yil dekabr oyida barcha uskunalar keltirilgan va o‘rnatilgan bo‘lib, buning natijasida bugungi kunda ishlab chiqarilayotgan uglekislota gazi tozaligi va sifati bo‘yicha jaqon talablariga javob beradi.

Bundan tashqari, to‘la quvvatda ishlanganda yiliga 1,4 mln. KVt elektr energiyasi tejashga erishiladi, bu esa eski uskunalar sarf qilgan elektr energiyasi ko‘rsatkichlaridan 2,4 barobar kamroqni tashkil etadi.

“Sanoat korxonalarining energiya samaradorligini oshirish” loyihasini muvofiqlashtirish guruhi
O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi

Veb-sayt test holatida ishlamoqda.