O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining "Mahsulotlarning yuqori likvidli turlarini birja savdolarida sotish mexanizmlarini takomillashtirishni davom ettirish to‘g‘risida"gi qarori loyihasi

30/05/2016 - 20:33 1594

Mahsulotlarning yuqori likvidli turlarini birja savdolarida sotish mexanizmlarini takomillashtirishni davom ettirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi QAROR QILADI:

1. Quyidagilar:

mahsulotlarning yuqori likvidli turlarini birja savdolarida sotish tartibi to‘g‘risidagi Nizom 1-ilovaga muvofiq;

birja savdolarini takomillashtirish va soddalashtirishga doir tadbirlar rejasi 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.

2. O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga 3-ilovaga muvofiq o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilsin.

3. O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi va “O‘zbekneftegaz” MXK ning 2016 yilning 1 iyulidan avtomobillarga gaz siqib berish kompressor stansiyalari va g‘isht ishlab chiqarish korxonalariga tabiiy gazni “O‘zbekiston respublika tovar xom-ashyo birjasi” AJ da o‘tkaziladigan elektron birja savdolari orqali sotish taklifi qabul qilinsin.

4. Vazirliklar va idoralar tegishli normativ-huquqiy hujjatlarini bir oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirsinlar.

5. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi o‘rinbosari R. Azimov zimmasiga yuklansin.

O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri                         Sh. Mirziyoyev

Hujjat loyihasining to'liq varianti bilan bu yerda tanishish mumkin.

Veb-sayt test holatida ishlamoqda.