Iqtisodiyot vazirligining 2016-yil 30-yanvarda bo'lib o'tadigan kengaytirilgan Hay'at yig'ilishida ko'rib chiqiladigan masalalar tartibi

25/01/2016 - 18:59 4497

2016-yil 30 yanvar, O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi, Toshketn sh.

Kun tartibi: “Mamlakatimizni 2015-yilda ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish yakunlari va joriy yilning 15-yanvarida O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining majlisida O'zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan Iqtisodiyot vazirligi, uning hududiy boshqarmalari, tasarrufidagi bo‘linmalarining iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirishning eng muhim ustuvor vazifalarini so'zsiz bajarish to'g'risida”

Kirish so‘zi. Azimov Rustam Sodiqovich -  O'zbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi o'rinbosari, Moliya vaziri

1. 2015-yilning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish yakunlari va 2016 yilda iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirishning eng muhim ustuvor vazifalarini so'zsiz ta'minlashda Iqtisodiyot vazirligi va uning hududiy boshqarmalarining vazifalari to'g'risida. Ma'ruzachi: Azimov Rustam Sodiqovich O'zbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi o'rinbosari, Moliya vaziri.

2. Yo'l-transport infratuzilmasi va ob'ektlarini o'z vaqtida ishga tushirish, modernizatsiya qilish bo‘yicha Investitsiya dasturini amalga oshirishda Iqtisodiyot vazirligi va uning hududiy boshqarmalarining vazifalari to'g'risida. Hisobot beruvchi: Xo'jayev Botir Asadillaevich - Iqtisodiyot vazirining birinchi o'rinbosari.

3. 2015-2019-yillarda ishlab chiqarishni tarkibiy o‘zgartirish, modernizatsiya qilish va diversifikatsiyalashni ta'minlash Dasturini amalga oshirish bo‘yicha Iqtisodiyot vazirligi bo‘linmalarining sanoat salohiyatini rivojlantirishga qaratilgan hududiy dasturlar bilan birgalikdagi vazifalari to‘g‘risida. Hisobot beruvchi: Fayzullaev Shokir Nasibullaevich - vazir o'rinbosari.

4. Yer va suv resurslaridan unumli foydalanish, qishloq xo‘jaligi sohasida tarkibiy o‘zgarishlar va islohotlarni yanada chuqurlashtirish bo‘yicha Iqtisodiyot vazirligi bo‘linmalarining vazifalari to'g'risida. Hisobot beruvchi: Shermatov Sa’di Bahtiyorovich - vazir o'rinbosari.

5. Fermer xo'jaliklari, kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni eksport ishtirokini har tomonlama rag'batlantirish, iqtisodiyotning raqobatbardoshligini tubdan oshirish, eksportyor-korxonalarni qo'llab-quvvatlashni kuchaytirish bo‘yicha Iqtisodiyot vazirligi bo‘linmalarining vazifalari to'g'risida. Hisobot beruvchi: Ismailov Shuhrat Yah’yaevich - vazir o'rinbosari.

Yakunlovchi so‘z: Saidova Galina Karimovna - O'zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vaziri.

Veb-sayt test holatida ishlamoqda.