Xizmat ko‘rsatish sohasi - aholi turmush darajasining yuksalishiga xizmat qiladi

01/12/2015 - 20:15 2772

Bugun Iqtisodiyot vazirligida respublika ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirokida “Xizmat ko‘rsatish sohasini rivojlantirish dasturining ijrosi” masalalariga bag‘ishlangan Matbuot birifingi bo‘lib o‘tdi.

Unda sohani rivojlantirish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “2012-2016 yillarda O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatish sohasini rivojlantirish dasturi to‘g‘risida” hamda “2013-2016 yillarda qishloq joylarda xizmat ko‘rsatish va servis sohasini jadal rivojlantirish yuzasidan qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” qabul qilingan qarorlarining mazmun-mohiyati, amaliyotga tatbiq etish mexanizmlari, olingan va kutilayotgan samaralar yuzasidan ko‘rgazmali chiqish, ya'ni taqdimotlar tashkil etildi.

OAV muxbirlarining savollariga vazirlik mutaxassislari tomonidan batafsil javoblar berildi.

Tadbir qiziqarli va jonli muloqot tarzida bo‘lib o‘tdi.

Xizmat ko‘rsatish sohasini rivojlatirish dasturini ijrosi to'g'risida press-reliz.