Hay'at yig`ilishi to`g`risida

28/10/2014 - 14:51 3335

2014 yil 27 oktyabrda Iqtisodiyot vazirligi majlislar zalida  Vazirlikning kengaytirilgan Hay'at yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

Hay'at yig‘ilishini Iqtisodiyot vaziri G. Saidova olib bordi. Yig‘ilishda vazir o‘rinbosarlari,  vazirlik Markaziy apparatining bosh boshqarma, boshqarma va bo‘lim boshliqlari, barcha tasarrufiy tashkilotlar rahbarlari hamda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Iqtisodiyot vaziri, viloyatlar va Toshkent shahar iqtisodiyot bosh boshqarmalari boshliqlari ishtirok etdilar.

Mazkur yig‘ilishda joriy yilning 9 oyida respublikaning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish yakunlari  muhokama qilindi.

Jumladan, mamlakatimizning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish ko‘rsatkichlariga erishish, ishlab chiqarish, investitsiyalar, mahsulotlar eksporti turlari va hajmini oshirish, iqtisodiyotning ustuvor tarmoqlari va sohalarini rivojlantirish dasturlarining prognoz parametrlariga erishish kabi muhim masalalar ko‘rib chiqildi.

Shuningdek, respublikamiz hududlarining sanoat salohiyatini rivojlantirish Dasturlarining bajarilishi bo‘yicha olib borilgan ishlarning natijadorligi  hamda aholi bandligini ta'minlash ishlari chuqur tahlil qilindi.

Yig‘ilish mobaynida Qoraqalpog‘iston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar iqtisodiyot bosh boshqarmalarining faoliyati bo‘yicha yo‘l qo‘yilgan ayrim kamchiliklarga tegishli tarzda tanqidiy baho berildi.

Ko‘rib chiqilgan masalalar bo‘yicha aniq yechimlar qabul qilinib, qo‘yilgan masalalarning o‘z vaqtida bajarilishi bo‘yicha tegishli vazifalar belgilab olindi.