Ro‘yxatga olish davom etmoqda

14/10/2014 - 20:13 3421

Avval xabar qilganimizdek, shu yilning 28 oktyabr - 1 noyabr kunlari “O‘zekspomarkaz” milliy ko‘rgazmalar markazida bo‘lib o‘tadigan VIII - Xalqaro sanoat yarmarkasi va Kooperatsiya birjasiga qatnashuvchi xo‘jalik sub'yektlarining ro‘yxatdan o‘tishi davom etmoqda. Ro‘yxatdan o‘tish uchun Xalqaro sanoat yarmarkasi va Kooperatsiya birjasi Direksiyasiga murojaat qilish mumkin. Shuningdek, onlayn tarzda ham ro‘yxatdan o‘tish yo‘lga qo‘yilgan. Buning uchun www.cooper.uz saytiga kirib kerakli hujjatlarni to‘ldirish talab etiladi.

Eslatib o‘tamiz, mazkur Xalqaro sanoat yarmarkasi va Kooperatsiya birjasi Prezidentimiz tashabbusi bilan tashkil etilgan bo‘lib, bu yil sakkizinchi bor o‘tkazilmoqda.