O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “"O`zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligining markaziy apparati tuzilmasiga o`zgartirishlar kiritish to`g`risida” 09.07.2009 yildagi №PQ-1154-sonli qarori

26/07/2009 - 08:06 2434

O`zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligining boshqaruv tuzilmasini yanada takomillashtirish va uning ish samaradorligini oshirish мақсадида:

1. Iqtisodiyot vazirining Iqtisodiyotни modernizatsiyalash, sanoat va ishlab chiqarish infratuzilmasini rivojlantirish masalalari bo`yicha o`rinbosari hamda Iqtisodiyot vazirining o`rinbosari "O`zog`irneftgazkimyoloyiha" institutining direktori lavozimlari tugatilsin.

2. Iqtisodiyot vazirining Iqtisodiyotни modernizatsiyalash, sanoat va ishlab чиқариш infratuzilmasini rivojlantirish masalalari bo`yicha o`rinbosari - "O`zog`irneftgazkimyoloyiha" instituti direktori lavozimi kiritilsin.

3. O`zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi markaziy apparatining yangilangan tuzilmasi 1-ilovaga muvofiq va "O`zog`irneftgazkimyoloyiha" institutining tuzilmasi 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.

4. O`zbekiston Respublikasi Prezidentining 2006 yil 13 iyundagi PQ-377-sonli Qarorining 1-ilovasi va O`zbekiston Respublikasi Prezidentining 2006 yil 3 iyuldagi PQ-398-sonli Qarorining 2-ilovasi o`z kuchini yo`qotgan deb hisoblansin.

5. Ushbu Qarorning ijrosini nazorat qilish O`zbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi o`rinbosari R.S Azimov zimmasiga yuklansin.

O`zbekiston Respublikasining Prezidenti                                         I. Karimov