Rishtonda “Rus-Uzbekteks” qo‘shma korxonasi ish boshladi

18/01/2008 - 04:30 4408

Farg’ona viloyatida xorijiy investitsiyalarni yanada kengroq jalb etish va ishlab chiqarish quvvatlarini yangilash borasida keng ko’lamli ishlar amalga oshirilmoqda.

Rishton tumanida kalava ip ishlab chiqarishga ixtisoslashgan “Rus-Uzbekteks” O’zbekiston-Rossiya qo’shma korxonasi ish boshladi. Qo’shma korxonaning loyiha qiymati 6,5 million AQSh dollarini tashkil etadi. Ushbu mablag’ hisobidan zamonaviy dastgohlar keltirib o’rnatildi. Bu yerda ishlab chiqarilayotgan mahsulotlar asosan xorijga eksport qilinadi.

Qo’shma korxonada 400 kishi mehnat qilmoqda.

Manba: www.uza.uz