Quvayt delegatsiyasi O‘zbekistonda

23/11/2006 - 03:14 2739

Mamlakatimizda mehmon bo‘lib turgan Quvayt davlati aloqa vaziri Ma’suma Solih al-Muborak xonim rahbarligidagi delegatsiya 22 noyabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati raisining o‘rinbosari Farruha Muhitdinova bilan uchrashdi. Muloqot chog‘ida ikki mamlakat o‘rtasidagi aloqalar kun sayin rivojlanib borayotgani va bunda Prezident Islom Karimovning 2004 yil 19-20 yanvar kunlari Quvaytga rasmiy tashrifi asnosida erishilgan kelishuvlar muhim omil bo‘lib xizmat qilayotgani alohida ta’kidlandi. Tomonlar ikki mamlakat o‘rtasidagi parlamentlararo aloqalarning bugungi ahvoli va istiqboli yuzasidan fikr almashdi.

Manba: www.uza.uz