MDHga a’zo davlatlarning Mintaqalararo va chegaraoldi hamkorlik bo‘yicha kengashining IX-yig‘ilishi natijalari bo‘yicha ma’lumot

16/09/2020 - 18:53 563

         Joriy yilning 10 sentyabr kuni O‘zbekiston Respublikasi raisligida MDHga a’zo davlatlarning mintaqalararo va chegaraoldi hamkorlik kengashining IX-yig‘ilishi videokonferensiya shaklida bo‘lib o‘tdi.
 
 
        Tadbirda Armaniston, Belorussiya, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Rossiya, Tojikiston va MDHga a’zo davlatlarning parlamentlararo assambleyasi, shuningdek, MDH ijroiya qo‘mitasi vakillari ishtirok etdi.

Kengash yig‘ilishining kun tartibiga 12 ta masala, xususan, MDHga a’zo davlatlardagi mintaqalararo va chegaraoldi hamkorlikning holati, 2030 yilgacha bo‘lgan davr uchun MDHning Mintaqalararo va chegaraoldi hamkorlik Konsepsiyasi va uni amalga oshirish bo‘yicha Harakatlar rejasi, MDHning I-Mintaqalararo forumini o‘tkazish va uni hal etish bo‘yicha takliflar kiritildi. Shuningdek, koronavirus pandemiyasining MDHga a’zo davlatlar iqtisodiyotining turli tarmoqlariga salbiy oqibatlarini bartaraf etish choralari va boshqa masalalar ko‘rib chiqildi.

Yig‘ilish boshida Kengashga raislikni O‘zbekiston tomoniga o‘tkazish to‘g‘risida qaror qabul qilindi (Kengash raisi etib O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi vakili saylandi).
 
Yig‘ilishda O‘zbekiston so‘nggi yillarda xorijiy hamkorlar, birinchi navbatda, yaqin qo‘shni davlatlar bilan do‘stona munosabatlarni rivojlantirish va mustahkamlashda aniq natijalarga erishilgani qayd etildi. Natijada, Hamdo‘stlik mamlakatlari o‘rtasidagi savdo hajmi oshdi, mintaqalararo va chegaraoldi yaqin hamkorlik o‘rnatildi, jumladan, yaxshi qo‘shnichilik munosabatlariga erishilmoqda.
 
 
MDH davlat rahbarlari kengashining Ashxabodda bo‘lib o‘tgan majlisida (2019 yil 10-11 oktyabr) O‘zbekiston Respublikasi tomonidan ilgari surilgan tashabbuslarni amalga oshirish doirasida yuqori darajadagi tayyorgarlik va ishlarni puxta hisobga olgan holda, Kengash a’zolari O‘zbekistonning 2030 yilgacha bo‘lgan davr uchun MDHning Mintaqalararo va chegaraoldi hamkorlik Konsepsiyasi hamda uni amalga oshirish harakatlar rejasini qabul qilish to‘g‘risidagi taklifini qo‘llab-quvvatladilar va bir ovozdan ma’qulladilar, shuningdek uni joriy yil

15 sentyabr kuni bo‘lib o‘tadigan MDH Iqtisodiy Kengash yig‘ilishida kelishish va MDH Hukumati rahbarlari kengashi tomonidan tasdiqlanishi sharti bilan qabul qilindi.

Shu bilan birga, MDHga a’zo davlatlarning I-Mintaqalararo hamkorlik forumi hamda navbatdagi X-Mintaqalararo va chegaraoldi hamkorlik kengashi yig‘ilishini 2021 yilda O‘zbekiston Respublikasida o‘tkazish yuzasidan qaror qabul qilindi.

Yig‘ilish yakunida ishtirokchilar O‘zbekiston tomoniga tashabbus

va Kengash yig‘ilishini videokonferensiya shaklida tashkil etilganligi uchun minnatdorchilik bildirib, Kengash mintaqalararo munosabatlarni rivojlantirish va ko‘p qirrali hamkorlikni yanada mustahkamlash uchun ishonchli maydonga aylanganini ta’kidladilar.



Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi

Axborot xizmati