COVID-19 pandemiyasi davrida Osiyo Taraqqiyot Banki va Iqtisodiy taraqqiyot va kambag'allikni qisqartirish vazirligi o'rtasidagi hamkorlik

03/08/2020 - 16:17 1129

Mamlakatimizda Osiyo taraqqiyot banki bilan bosqichma-bosqich amalga oshirilayotgan loyihalar rivojlanib borayotgan o'zaro hamkorlikdan dalolatdir. OTBning moliyaviy va texnik yordami davlatni rivojlantirishning ustuvor yo'nalishlarini aks ettiruvchi mamlakatning milliy rivojlanish strategiyasiga to'liq mos keladi.

Koronavirus pandemiyasi oqibatida yuzaga kelgan jahon iqtisodiyotidagi joriy holat, hamda mamlakatimiz iqtisodiyatiga ham ta'sir qilayotgan joriy qilingan zarur karantin choralarinini hisobga olgan holda, O'zbekistonning OTB bilan hamkorligi yanada mustahkamlandi. Koronavirus tarqalishining oldini olish va pandemiyaning mamlakat iqtisodiyotiga ta'sirini yumshatish maqsadida bank sarmoyalarini jalb qilish ishlari olib borilmoqda.

OTBning vazirlikka texnik yordam ko'rsatish bo'yicha xalqaro maslahatchilar bilan ta'minlashda, xususan, O'zbekiston Respublikasining 2030 yilgacha ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish konsepsiyasini va 2030 yilgacha O'zbekistonda sanoatni rivojlantirish kontseptsiyasini ishlab chiqishda katta hissasini qayd etish joiz.

Jahon tajribasini hisobga olgan holda vazirlikka yuklangan vazifalarni yanada samarali bajarish bo'yicha ham OTB vakillari bilan bir necha bor videokonferensaloqa formatida muzokaralar bo'lib o'tdi. Natijada texnik yordam doirasida xalqaro maslahatchilarni jalb qilish to'g'risida kelishuvga erishildi, xalqaro maslahatchilarni yollash uchun texnik topshiriqlar ishlab chiqildi, O'zbekiston Respublikasining 2030 yilgacha bo'lgan davrda ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish kontseptsiyasida, shuningdek 2030 yilgacha O'zbekiston sanoatini rivojlantirish kontseptsiyasida aks ettirish kerak bo'lgan asosiy yo'nalishlar muhokama qilindi.

Iqtisodiy taraqqiyot va kambag'allikni qisqartirish vazirligining OTB bilan hamkorligi quyidagi masalalarni qamrab oladi:

- sanoat siyosatini amalga oshirishda xorijiy mamlakatlarning muvaffaqiyatli amaliyotidan misollar;

- "sodda narsalar iqtisodiyoti" ni rivojlantirish bo'yicha chora-tadbirlarni ishlab chiqishda uslubiy yondashuvlar;

- moliyaviy va sanoat guruhlarini yaratish hamda ularning faoliyati bo'yicha xorijiy tajriba;

- milliy sanoat uchun uzoq muddatli tashqi va ichki xavflar;

- yuqori texnologik tartibga o'tishni amalga oshirish uchun yondashuvlar (sanoat 4.0);

- iqtisodiyot tarmoqlarida mehnat unumdorligi darajasini aniqlashda yordam;

- davlat korxonalarini isloh qilish bo'yicha xalqaro tajriba;

- erkin, ma'muriy va aralash boshqaruv nuqtai nazaridan iqtisodiy boshqaruv kontseptsiyasini ishlab chiqishda ko'maklashish;

- COVID-19 ning O'zbekiston iqtisodiyotiga ijtimoiy-iqtisodiy ta'sirini baholashda va xalqaro tajribani hisobga olgan holda, pandemiyaning salbiy ta'sirini bartaraf etish usullarini ishlab chiqishda yordam berish.

Umuman olganda, vazirlik va Osiyo taraqqiyot banki o'rtasidagi o'zaro manfaatli aloqalar istiqbollari yangi qo'shma loyihalarni ishlab chiqish va amalga oshirishga imkon yaratib kelmoqda.


O'zbekiston Respublikasi Iqtisodiy taraqqiyot

va kambag'allikni qisqartirish vazirligi

Axborot xizmati