Sirdaryo viloyatining Sardoba, Oqoltin va Mirzaobod tumanlarida ishsiz aholini bandligini ta'minlash borasida amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan ma'lumot

27/06/2020 - 10:18 1598

Sirdaryo viloyatining Sardoba, Oqoltin va Mirzaobod tumanlarida talofat ko‘rgan mahallalarning har birida mahalliy aholining ishga joylashtirish shtabi tashkil etildi.

    Shtabga tegishli vazirilik va idoralarning mas'ul xodimlari biriktirilgan bo‘lib, ular tomonidan talofat ko‘rgan 11 ta mahallalardan hozirgi kunga qadar 4325 nafar ishsiz qolganlarning ro‘yxati shakllantirildi, 1716 nafar ishsiz fuqarolarning bandligi ta'minlandi. Qolgan 2609 nafar fuqarolarning bandligini ta'minlash bo‘yicha amaliy choralar ko‘rilmoqda.

     Shakllantirilgan ro‘yxatga ko‘ra, alohida 3 765 nafar qurilish ishlarida tajribasi bo‘lgan fuqarolarning mutaxassisliklari bo‘yicha ro‘yxatlari tuzildi, xususan, 551 nafar beton quyuvchi, 337 nafar g‘isht teruvchi, 359 nafar suvoqchi, 93 nafar gipsokartonchi, 40 nafar elektrik, 58 nafar payvandchi, 34 nafar santexnik va 2293 nafar boshqa mutaxassislar mavjudligi aniqlandi

a3049d506ec7022582072

 

1482 nafari jamoat ishlariga, yani 979 nafari qurilish hududlarini obodonlashtirish ishlarida, 117 nafari qabriston hududlarini tozalash ishlarida, 116 nafari jamoat ishchilarida tuzilgan maxsus guruxda (talofat ko‘rgan xonadonlarga qushimcha jalb etilgan jamoat ishchilari), 246 nafari uy-joylarning oldi tomoniga yo‘lak (trotuar) qurilish ishlarida hamda 24 nafari boshqa yo‘nalishlarga jalb etildi.             

234 nafari hududlardan kelgan qurilish pudrat tashkilotlariga rasmiy ravishda, mehnat shartnomalari tuzgan holda ishga joylashtirildi, jumladan, 39 nafari betonchi, 21 nafari g‘isht teruvchi, 21 nafari suvoqchi, 2 nafari payvandchi, 151 nafari usta yordamchisi va boshqa ishlarga yo‘naltirildi.

c3c301f2e39f62ebb61bf

Iqtisodiy taraqqiyot

va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi

Axborot xizmati