Sirdaryo viloyati “Sardoba” suv omborida yuz bergan texnogen hodisa oqibatida talofat ko'rgan avtomobil yo'llari bo'yicha ma'lumot

25/06/2020 - 18:03 891

Sirdaryo viloyatida jami, 5 263,6 kilometr uzunlikda avtomobil yo'llari mavjud bo'lib, shundan 1 450,0 kilometr uzunlikda umumiy foydalanishdagi avtomobil yo'llari,

Jumladan,

Halqaro ahamiyatidagi avtomobil yo'llari    - 259 km;

Davlat ahamiyatidagi avtomobil yo'llari        - 505 km;

Mahalliy ahamiyatidagi avtomobil yo'llari    - 686 km.

 

Sirdaryo viloyati “Sardoba” suv omborida yuz bergan texnogen hodisa oqibatida talofat ko'rgan ta'mir talab bo‘lgan avtomobil yo'llari jami 127 km uzunlikdagi umumiy foydalanishdagi avtomobil yo'llari.

Jumladan,

Halqaro ahamiyatidagi avtomobil yo'llari     - 21 km;

Davlat ahamiyatidagi avtomobil yo'llari        - 86 km;

Mahalliy ahamiyatidagi avtomobil yo‘llari    - 20 km.

Bundan tashqari ushbu avtomobil yo‘llarida joylashgan 23 ta ko‘priklar ham ta'mirtalab holatga kelib qolgan.

3813,6 kilometr uzunlikda ichki ho‘jaliklaro avtomobil yo‘llari, shaharlar va qishloq aholi punktlari ko‘chalarini tashkil qiladi

Jumladan,

Mirzaobod tumani hududida    - 250 km;

Oqoltin tumani hududida          - 273,7 km;

Sardoba tumani hududida          - 324,8 km.

Bugungi kunda ushbu sodir bo‘lgan tabiiy ofat oqibatlari natijasida avtomobil yo‘llari va yo‘l inshootlarida yetkazilagn zararlarni bartaraf etish bo‘yicha tegishli ishlar amalga oshirilmoqda.

Shuningdek, bugungi kungacha 92 094 m3 tuproq ishlari,

46 835 m3 yo‘l qoplamasini tozalash, 11 370 tn ortiq asfaltbeton qorishmasini yo‘l qoplamasiga yotqizish, 37 739 m3 Qum-shag‘al aralashmasi yotqizish, 43 358 m2 yo‘l yoqasini mustahkamlash va 23 ta ko‘priklarda ta'mirlash ishlari amalga oshirilmoqda.

Ushbu ishlarni amalga oshirishda 140 tadan ortiq yo‘l qurilish texnikalari, 141 kishidan ortiq ishchilar jalb qilingan bo‘lib, ta'mirlash va qayta qurish ishlari davom ettirilmoqda.