Bosh vazir o'rinbosari, iqtisodiyot va sanoat vaziri Jamshid Qo'chqorovning Yevropa va Markaziy Osiyo bo'yicha direktori Vibke Schlemer boshchiligidagi xalqaro moliya korporatsiyasi(XMK) vakillari bilan uchrashuvi bo'lib o'tdi

06/03/2020 - 10:33 1019

Bosh vazir o'rinbosari, iqtisodiyot va sanoat vaziri Jamshid Qo'chqorov XMKning olib borilayotgan islohotlardagi hamkorligi va qo'llab-quvvatlashi uchun minnatdorlik bildirib, vazirlikning yangi bosqichdagi vazifalari va yangi yondashuvlardan foydalangan holda uning faoliyatini kuchaytirish rejalari haqida batafsil ma'lumot berdi. Tomonlar mamlakatimizda iqtisodiy o'sish imkoniyatlarini va uni amalga oshirishda Vazirlikning rolini muhokama qildilar.

Vazirlikning asosiy vazifalaridan biri milliy va mintaqaviy darajada, xususan, energetika sohasida infratuzilmani yaxshilash bo'ladi.

Shlemer xonim Sirdaryo viloyatida gaz-energetika loyihasi bo'yicha tender savdolariga kompaniyalarni tanlab olish natijalari haqida so'z yuritar ekan, Yaponiya, Koreya Respublikasi, Xitoy, Yevropa va yaqin Sharq davlatlaridan kelgan keng doiradagi top-kompaniyalardan 31 ta ariza kelib tushgani katta qiziqish bildirayotganini ta'kidladi.

 Navoiy viloyatida ilgari muvaffaqiyatli amalga oshirilgan shu kabi loyiha ishonch darajasini yaratdi va O'zbekistonning boshqa tashabbuslariga qiziqishni kuchaytirdi.

Muzokaralar chog'ida quyosh energetikasining rivojlanishi ham muhokama qilindi. Fotoelektrik stansiyani qurish va keyingi bosqichga o'tish uchun fotoelektrik panellar bilan maxsus batareyalarni joriy etish rejalashtirilgan. O'zbekiston ularni Osiyo bozorida birinchilardan bo'lib taqdim etadi. Yaqin kelajakda ushbu innovatsion loyihani amalga oshirish bo'yicha taqdimot kutilmoqda.

Bundan tashqari, Farg'ona vodiysining sanoat salohiyati, banklarni xususiylashtirishga tayyorgarlikning asosiy omili sifatida korporativ boshqarishni takomillashtirish va XMKning O'zbekiston kapital bozorida obligatsiyalarni o'zbek so'mlarida chiqarish niyati haqida so'z yuritildi.

Uchrashuv natijalariga ko'ra tomonlar hamkorlik strategiyasining bosqichlari haqida kelishib oldilar.

 

 Axborot xizmati