Tayinlov

14/02/2020 - 18:20 126

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020 yil 14 fevraldagi tegishli qaroriga muvofiq Iqtisodiyot va sanoat vazirining o‘rinbosari lavozimida ishlab kelgan Botir Shukurillaevich Usmonov Toshkent kimyo-texnologiya instituti rektori etib tayinlandi.

Iqtisodiyot va sanoat vazirligi jamoasi Botir Shukurillaevich Usmonovni yangi lavozimga tayinlanganligi munosabati bilan chin dildan tabriklaydi va kelgusidagi ishlarida muvaffaqiyatlar tilaydi.

Iqtisodiyot va sanoat vazirligi
Axborot xizmati