Xalqaro press-klub: Turizm sohasini rivojlantirish

07/02/2020 - 20:40 1357

2020 yil 7 fevral kuni Xalqaro press-klubning O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisiga Murojaatnomasida Turizm sohasini yanada rivojlantirish bo‘yicha amalga oshirilishi lozim bo‘lgan vazifalar muhokamasiga bag‘ishlangan navbatdagi sessiyasi o‘tkazildi. Tadbirda Iqtisodiyot va sanoat vaziri o‘rinbosari Botir Usmonov ishtirok etdi.

Tadbirda turizmni iqtisodiyotning strategik tarmog‘iga aylantirish, ichki turizm, yoshlar turizmi, ziyorat va tibbiyot turizmi hamda turizm infratuzilmasini jadal rivojlantirish, shuningdek, joriy yilda yurtimizga keladigan turistlar sonini 7,5 millionga yetkazish va YUNESKOning Umumjahon moddiy madaniy merosi va Nomoddiy madaniy merosi ro‘yxatiga O‘zbekistondagi yangi ob’ektlarni kiritishni tezlashtirish masalalari  muhokama qilindi.

 Shu bilan birga respublikamizda 2020 yil va kelgusi yillarda iqtisodiyotimizda turizm sohasida amalga oshirilishi lozim bo‘lgan dasturiy va maqsadli vazifalar bo‘yicha ma’lumotlar berildi.