BUYUK AJDODIMIZ SIYMOSI BARHAYOT...

07/02/2020 - 20:22 243

Bugun 7 fevral kuni Iqtisodiyot va sanoat vazirligida “Alisher Navoiy siymosi – mangu barhayot” nomli ma’naviy-ma’rifiy tadbir hamda vazirlik rahbariyatining yoshlar bilan navbatdagi uchrashuvi o‘tkazildi.

Navoiyshunos olim, Toshkent davlat sharqshunoslik instituti filologiya fanlari doktori, Olimjon Davlatovning ishtiroki tadbirga o‘ziga xos ko‘tarinki kayfiyat kiritib, uning mazmun-mohiyatini boyitdi. Jumladan, Olim Davlatov qatnashchilarga Nizomiddin Mir Alisher Navoiy hayoti va ijodining ko‘pchilikka ma’lum bo‘lmagan qiziqarli va qimmatli jihatlaridan voqif qildi.

 Tadbirda so‘z olganlar mutafakkir olim, turkiy tillar asoschisi, buyuk bobomiz Alisher Navoiyning hayotlari va ijodlari to‘g‘risida juda yaxshi fikrlar bildirildi, shoir qalamiga mansub she’r, g‘azal, hikmatlardan parchalar o‘qildi.

Tadbirda, shuningdek rahbariyat bilan yoshlar o‘rtasida jonli va samimiy muloqot bo‘lib o‘tdi. Ikkinchi marotaba yoshlar bilan o‘tkazilayotgan  suhbatda yosh xodimlar ijtimoiy-maishiy hayotlariga tegishli yangi takliflar va ularning yechimlari ko‘rib chiqildi.

Tadbir so‘nggida faol ishtirok etgan yosh xodimlarga qimmatbaho sovg‘alar topshirildi.