JORIY YILDAGI USTUVOR VAZIFALAR IJROSI

03/02/2020 - 12:32 1280

Bugun, 3 fevral kuni katta majlislar zalida Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyevning Oliy Majlisga Murojaatnomasida bevosita Iqtisodiyot va sanoat vazirligi zimmasiga yuklatilgan vazifalar ijrosiga bag‘ishlangan tadbir bo‘lib o‘tdi. Tadbirni vazir Botir Xo‘jaev ochdi. Vazir o‘z nutqida Murojaatnomada 2020 yilda respublikaning ijtimoiy-iqtisodiy sohalarida belgilab berilgan ustuvor vazifalar ijrosini faollashtirishga to‘xtalib o‘tdi.

Shundan so‘ng, mazkur vazifalarning ahamiyati, bajarilish muddatlari xususida Makroiqtisodiy tahlil va prognozlashtirish departamenti boshlig‘i Xurshid Rahmatullaev taqdimoti namoyish etildi.

Shuningdek, tadbirda rahbariyat tomonidan yoshlarni qo‘llab-quvvatlash maqsadida vazirlik yoshlari o‘rtasida “Yosh iqtisodchi – 2019” nominatsiyasi bo‘yicha tashkil etilgan tanlov g‘oliblari aniqlandi. Unda g‘olib, deb topilgan 2 nafar yosh xodim diplom va qimmatbaho sovg‘alar bilan taqdirlandi.

Tadbir davomida mamlakatimizda yoshlarga oid davlat siyosatini yanada rivojlantirishni kun tartibiga qo‘yilayotgani bois, vazirlikda yoshlar bilan ishlash samaradorligini baholash bo‘yicha yagona ko‘rsatkichlar ishlab chiqish, yoshlar siyosatini baholash milliy indeksini joriy etish zarurligi  ham alohida qayd etildi.

 

Axborot xizmati