Yurtimiz tinch, osmonimiz musaffo bo‘lsin

14/01/2020 - 12:44 724

HURMATLI VA AZIZ VATANDOSHLAR!

Yurtimizning mard, jasur, oriyatli, olijanob insonlari!

Iqtisodiyot va sanoat vazirligi barchangizni 14 yanvar – Vatan himoyachilari kuni bilan samimiy qutlaydi!

Har biringizning mamlakatimiz tinchligi va ravnaqi, hayotimiz farovonligi yo‘lidagi samarali mehnatingiz orqali davlatimiz iqtisodiy qudratining mustahkamlanishi va salohiyatining yuksalishida munosib hissa qo‘shayotganingiz alohida tahsinga loyiq!  

Fursatdan foydalanib, Sizga va oila a’zolaringizga mustahkam sog‘liq, tinchlik va totuvlik hamda qalb xotirjamligini tilab qolamiz!

 

Iqtisodiyot va sanoat vazirligi jamoasi