Farg‘onada amaliy seminar

13/01/2020 - 10:24 608

Joriy yilning 9-10 yanvar kunlari Farg‘ona viloyatida qishloq joylarda tadbirkorlikni rivojlantirish bo‘yicha seminar treninglar o‘tkazildi. 2020 yil 9 yanvar kuni Farg‘ona shahridagi “Tadbirkorlar markazi” binosida Xalqaro moliya institutlarining imtiyozli kreditlaridan foydalanish hamda tadbirkorlikni rivojlantirish bo‘yicha amaliy o‘quv seminari bo‘lib o‘tdi.

Seminar davomida Iqtisodiyot va sanoat vaziri o‘rinbosari – kichik biznes va tadbirkorlikni rivojlantirish agentligi direktori- G‘. Mamatqulov, Jahon banki vakili - Teklu Tesfae, Bog‘dorchilik agentligi direktori - N.Najimov, Agrosanoat majmui va oziq-ovqat ta’minoti sohasidagi loyihalarni amalga oshirish agentligi bosh direktori -Sh.Shoaxmedov va Nasl xizmat agentligi direktori A.Abdullaevlar shuningdek, viloyatimizda o‘z sohalarida katta yutuqlarga erishgan tadbirkorlar hamda oliy ta’lim muassasalarining professorlari qatnashdilar. Amaliy o‘quv seminarida xalqaro moliya insititutlar tomonidan beriladigan imtiyozli kreditlaridan foydalanish zarurligini aytib o‘tildi. Seminarda viloyat boshqarma, tashkilot rahbarlari, tijorat banklar hamda 400 dan ortiq tadbirkorlik sub’ektlari rahbarlari ishtirok etishdi.

Shundan so‘ng Respublika ishchi guruxi tomonidan tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ilanayotgan hamda faoliyatini endigina boshlash istagida bo‘lgan tashabbuskorlarga yaratilgan keng imkoniyatlar, jumladan O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va sanoat vazirligi huzurida tashkil etilgan “Kichik biznes va tadbirkorlikni rivojlantirish agentligi” haqida, innovatsion texnologiyalardan foydalanishdagi mavjud imtiyozlar, xalqaro moliya insititutlar tomonidan tadbirkorlik rivojlantirish maqsadida xorijiy valyutada uzoq muddatli kreditlar berish bo‘yicha tadbirkorlarga batafsil tushuntirib o‘tildi va tadbirkorlar hamda tadbir ishtirokchilari o‘rtasida savol javoblar bo‘lib o‘tdi.

Dastur davomida tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ilanayotgan hamda faoliyatini endigina boshlash istagida bo‘lgan fuqarolarga viloyatimizdagi kichik biznes sub’ektlari va yirik sanoat korxonali tomonidan import o‘rnini bosuvchi eksportbop sanoat mahsulotlari ko‘rgazmasi va taqdimoti o‘tkazildi. Shu kunning o‘zida tadbirkorlar hamda tadbir ishtirokchilari bilan birgalikda Quvasoy shaharidagi "Agro servis Aziya" MChJda zamonaviy issiqxona.

Marg‘ilon shahridagi "Oltin vodiy metall mahsulotlari” MChJda shurup mahsulotlari ishlab chiqarish.

Bog‘dod tumanidagi "Bog‘dod mebel" MChJda mebel mahsulotlari ishlab chiqarish. Farg‘ona tumanidagi "Volida" fermer xo‘jaligiga tashrif buyurib, ularning faoliyatlari bilan yaqindan tanishib chiqildi hamda ishlab chiqarish jarayonida “maxorat darslari” tashkil etildi.

Kunning ikkinchi yarmida soat 18:00 dan 19:30 ga qadar Farg‘ona teleradiokompaniyasi bilan hamkorlikda respublika ishchi guruhlari, viloyatdagi barcha tijorat bank rahbarlari, tegishli boshqarma va tashkilotlar hamda tadbirkorlik subyektlari bilan birgalikda “jonli” efir orqali davra suxbati o‘tkazildi.

Kichik biznes va tadbirkorlikni rivojlantirish agentligi tomonidan tashkillashtirilgan “Biznesga marhamat” nomli o‘quv dasturi joriy yilning 10-11 yanvar kunlari Farg‘ona viloyatining barcha shahar va tumanlarida tadbirkorlik tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash va ularning huquqiy savodxonligini oshirish maqsadida o‘quv seminarlari davom ettiriladi. Seminarlar “Norma” nashriyoti dotsentlari B.Qayumov hamda M.Xaydarovlar tomonidan o‘tqizilyapti.