Farg‘ona viloyatida zamonaviy zargarlik markazi ish boshladi

27/12/2019 - 18:55 797

Bugun 2019 yil 27 dekabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Zamonaviy zargarlik savdo-ishlab chiqarish markazlarini tashkil etish bo‘yicha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qaroriga asosan Farg‘ona shahrida tashkil etilgan savdo ishlab chiqarish majmuasini ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi.

Tadbirda Farg‘ona viloyati hokimi Sh.G‘aniev hamda 4 ta sektor rahbarlari ishtirok etdi.

Zargarlik markazida zargarlik buyumlarini ishlab chiqarishdan sotishgacha bo‘lgan jarayonni to‘liq o‘z ichiga oluvchi zamonaviy tizim yaratildi. Shu bilan birga, 185 ta savdo o‘rinlari tashkil etildi va 22 ta zargarlik ustaxonasi ish boshladi.

Shuningdek, Qo‘qon shahrida ham qurib bitkazilgan zargarlik markazini ishga tushirish bo‘yicha ishlar davom ettirilmoqda.