Qibray tumanida energiya samaradorligi bo'yicha davra suhbati va savdo yarmarkasi

25/12/2019 - 18:33 267

Energiya samaradorligini oshirish masalalari nafaqat ishlab chiqarish, qayta ishlash, balki iste'mol nuqtai nazaridan yangi vositalardan foydalanishni talab qiladi.
Bugun, 25-dekabr kuni Qibray tuman hokimligi binosida energiya tejaydigan uskunalar savdosi yarmarkasi hamda O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 22.08.2013 yildagi PQ-4422-sonli Qaroriga va "Sanoat korxonalarining energiya samaradorligini oshirish" loyihasiga bag'ishlangan davra suhbati bo'lib o'tdi.


Yarmarkada mahalliy va xorijiy kompaniyalar qatnashdilar: Polius Energo System, Mir Solar, Glory Gas service, Penoplex, Endustriyel Elektrik, E-cover, QIE quyosh texnologiyalari va boshqalar. Tadbirda 100 dan ortiq kishi ishtirok etdi.


Davra suhbatida energiya va resurslarni tejash, shuningdek, mahalliy ishlab chiqaruvchilarni moliyaviy va kredit bilan ta'minlash mexanizmlari muhokama qilindi.
Shu bilan 2019 yilda energiya samaradorligini oshirish bo'yicha bir qator davra suhbatlari yakunlandi.


Tadbir tashkilotchilari,ommaviy axborot vositalarida keng yoritilgan korxonalarda energiya samaradorligini oshirish bo'yicha muvaffaqiyatli tajriba O'zbekistonning boshqa tarmoqlari korxonalari uchun namuna bo'lib xizmat qiladi deb hisoblaydi.

Iqtisodiyot va sanoat vazirligi huzuridagi
"Sanoat korxonalarining energiya samaradorligini oshirish"
Loyihalarni muvofiqlashtirish guruhi