«Agidel» – energiya samaradorligi bo'yicha subloyiha

19/12/2019 - 15:09 631

2019 yilda "Sanoat korxonalari energiya samaradorligini oshirish" loyihasi doirasida «Agidel» MChJ chiqindi qog'ozni qayta ishlash va karton-qutili mahsulotlar ishlab chiqarishni modernizatsiyalash va qayta jihozlash bo'yicha kichik loyihani amalga oshirdi.


Loyihaning qiymati - 4 800 000 AQSh dollari. Ulardan XTTB mablag'lari - $ 2,327.400.
Moliyalashtirish "O'zsanoatqurilishbank" OATB orqali amalga oshirildi.


Hozirgi vaqtda 1 tonna mahsulot ishlab chiqarishda jami energiya iste'moli yiliga 224,36 MVt /soat ga teng bo'lib, modernizatsiyadan keyin energiya iste'moli yiliga 115,38 MVt / soatni tashkil etadi. Ushbu islohot 1 tonna mahsulotni ishlab chiqarish xarajatlarini 48,6% ga kamaytiradi.
Bu ushbu korxonaga katta moliyaviy tejashga olib keladi va shunga mos ravishda ushbu mablag'larni boshqa ustuvor vazifalarni bajarishga yo'naltirishga imkon beradi.

"Sanoat korxonalari energiya samaradorligini oshirish" Loyihasini muvofiqlashtirish guruhi