Gender tenglik masalalari mavzusida davra suhbati bo‘lib o‘tdi

17/12/2019 - 18:13 1897

Bugun “O‘zbekiston” mehmonxonasida 5 ta vazirlik xodimlari ishtirokida “O‘zbekiston gender masalalari bo‘yicha koordinatorlar tarmog‘ini yaratish orqali gender tenglikni ilgari surish” mavzusida davra suhbati o‘tkazildi.

Tadbirni kirish so‘zini Xotin-qizlar va gender tenglik masalalari bo‘yicha Senat Qo‘mitasi Sekretariati Bosh Konsultanti Nodira Shotursunova ochib berdi.

Gender bo‘yicha ijtimoiy rivojlanish yuzasidan katta maslahatchisi Mehri Xudayberdieva o‘z so‘zida hukumatning gender tengligi sohasidagi yaqinda qabul qilingan qarorlarini amalga oshirish va O‘zbekiston iqtisodiyotining ayrim sohalarida ayollarning huquq va imkoniyatlarini kengaytirish belgilanganligiga to‘xtalib o‘tdi.

Fuqarolik tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash markazi direktori Dilovar Qabulova esa, o‘z navbatida, Mehnat statistikasiga gender aspektini joriy qilish taklifini berdi.

 Yuridik fanlari doktori Lola Saidova O‘zbekistonda gender tenghuquqlik va uni joriy qilish xususiyatlari borasida qator rivojlangan davlatlar tajribasidan misollar keltirdi.

Tadbir davomida Iqtisodiyot va sanoat vazirligi xodimlari ham faol ishtirok etishdi.