Sifatli kadrlar tayyorlash - taraqqiyot garovi

12/12/2019 - 17:51 2135

Bugun iqtisodiyot va sanoat vazirligida Germaniyaning xalqaro hamkorlik jamiyatining O‘zbekistondagi vakolatxonasi (GIZ) ekspertlarining vazirlik rahbariyati va xodimlari bilan  uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.

Uchrashuv davomida “O‘zbekistonda professional ta’lim tizimini isloh qilish va modernizatsiya jarayonini qo‘llab-quvvatlash konsepsiyasi” loyihasi muhokama qilindi.

Mazkur loyihaning amalga oshirilishi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining joriy yil 6 sentabrdagi “Professional ta’lim tizimini yanada takomillashtirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi    PF-5812- sonli Farmonida ko‘zda tutilgan maqsadlarga erishish, xususan ilg‘or xorijiy tajribalar asosida professional ma’lumotga ega bo‘lgan kadrlar tayyorlashga xizmat qiladi.