Forumga tayyorgarlik

05/12/2019 - 18:36 1946

 Bugun Iqtisodiyot va sanoat vazirligida 2020 yilning yanvar oyida o‘tkazilishi rejalashtirilayotgan O‘zbekiston va Qozog‘iston Respublikalari o‘rtasidagi hududlararo hamkorlik 2-Forumiga tayyorgarlik ko‘rishni tashkil etish doirasida ishchi guruhining uchrashuvi bo‘lib o‘tdi. Uni vazir o‘rinbosari Botir Usmonov olib bordi.  

Qozog‘iston davlati delegatsiyasining tarkibini Savdo va integratsiya vazirligi, tashqi ishlar vazirligi mutaxassislari hamda  Qozog‘iston Respublikasi elchixonasi xodimlari tashkil etdi.

Uchrashuv davomida ikki davlat o‘rtasidagi hududlararo  2-Forumni hamda sanoat mahsulotlari yarmarkasini o‘tkazishga qaratilgan texnik masalalar muhokama qilindi.