O‘zaro manfaatli uchrashuv

02/12/2019 - 20:33 282

 Bugun Iqtisodiyot va sanoat vazirligida Turkiya Respublikasi "Adolat va taraqqiyot partiyasi" raisining tashqi aloqalar bo‘yicha o‘rinbosari J.Yilmaz va Buyuk Millat Majlisining Rejalashtirish va budjet ishlari bo‘yicha komissiyasi raisi L.Elvan bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Mazkur delegatsiya yurtimizga O‘zbekiston iqtisodiyotining turli tarmoqlarida o‘tkazilayotgan islohotlar borasida maslahatlashuvni amalga oshirish maqsadida tashrif buyurdi.

Uchrashuv davomida chet ellik mehmonlar mamlakatimizda olib borilayotgan so‘nggi yangilanishlar bilan tanishtirildi.

Mehmonlar ham o‘z navbatida keyingi ikki yil mobaynida O‘zbekistonda erishilgan yorqin natijalarni ta’kidlab o‘tishdi. Shuningdek, xorijlik mehmonlarimiz Turkiya Respublikasi istiqbolda ham O‘zbekistonni amalga oshiriladigan islohotlarda qo‘llab-quvvatlashiga ishonch bildirishdi.