O‘zbekiston Barqaror rivojlanish bo‘yicha ixtiyoriy milliy tahlilini taqdim etadi

14/11/2019 - 21:29 1164

O‘zbekiston Barqaror rivojlanish bo‘yicha ixtiyoriy milliy tahlili (IMT) natijalarini 2020 yilda o‘tkaziladigan yuqori darajadagi siyosiy forumning yig‘ilishida taqdim etadi.

Shu maqsadda, O‘zbekiston hukumati mas’ul xodimlari, Savdo-sanoat palatasi, OAV va “Yuksalish” milliy harakati vakillaridan iborat delegatsiya joriy yilning 4-7 noyabr kunlari  Tbilisi shahriga (Gruziya) IMT o‘tkazish borasida tajriba almashish dasturida ishtirok etish uchun tashrif buyurdi.

Bunday tadbirlarning tashkil etilishi, IMT o‘tkazish borasida ilg‘or xorijiy tajriba va metodologiyalarni o‘rganish, uzoq muddatda esa 2030 yilgacha bo‘lgan davrda Barqaror rivojlanish kun tartibi doirasida janub-janub ruhida hamkorlik aloqalarini va sheriklik munosabatlarini o‘rnatishdan iborat.

Axborot xizmati