Germaniyaning “Berlin Economics” kompaniyasi vakili bilan uchrashuv

13/11/2019 - 21:34 1119

Iqtisodiyot va sanoat vazirining o‘rinbosari - Kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirish agentligi direktori Ganisher Mamatqulov 2019 yilning 12 noyabr kuni Germaniyaning “Berlin Economics” konsalting kompaniyasi vakili bilan uchrashdi.

Uchrashuvda Davlatimiz rahbarining tashabbusi bilan Iqtisodiyot va sanoat vazirligi huzuridagi Kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirish agentligining tashkil etilishi mamlakatimizda tadbirkorlikni taraqqiy ettirishning yangi bosqichi ekani ta’kidlandi. 

Uchrashuv davomida tomonlar kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirishni qo‘llab-quvvatlash yuzasidan fikr almashdilar hamda mazkur sohada hamkorlik qilish yo‘nalishlarini muhokama qildilar. Xususan, kompaniya tomonidan respublikamizda “o‘rta biznes” toifasini joriy etish hamda tadbirkorlik sub’ektlari uchun o‘quv kurslarini tashkil etish masalalari borasida kelishuvga erishildi.

Axborot xizmati