Aholi farovonligi yo‘lida

12/11/2019 - 20:20 1464

Bugun O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligida O‘zbekiston Respublikasi Qurilish vazirligi, Uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish vazirligi, shuningdek, Iqtisodiyot va sanoat vazirligi huzuridagi Urbanizatsiya agentligi vakillari hamda ommaviy axborot vositalari ishtirokida “OAV, shuningdek, Internet tarmog‘ida respublikada inventarizatsiyadan o‘tkazilgan ko‘p qavatli uylarning seysmik holatini aniqlash, avariya holatidagi ko‘p qavatli uylarni kapital ta'mirlash va rekonstruksiya qilish, snos masalalariga oid tanqidiy materiallarga munosabat" mavzusida matbuot anjumani bo‘lib o‘tdi.

Tadbirda mavzu yuzasidan Uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish vazirligi matbuot xizmati rahbari Alipasha Ahmedov atroflicha ma'lumot berib o‘tdi. Uning bu boradagi fikrlarini vazirlikning boshqa mutasaddilari va mutaxassislari to‘ldirishdi.

Shundan so‘ng, Qurilish vazirligi mutasaddilari yuqorida nomi tilga olingan mavzu yuzasidan vazirlik vakolatiga kiruvchi jihatlariga to‘xtaldi.

Tadbir savol va javoblarga boy bo‘ldi. Chunonchi, “Xabar.uz” muxbirining ularga Jizzax viloyatining chekka bir tumanida yashovchi fuqarodan tushgan ariza yuzasidan bergan savoliga vazirlik huzuridagi Ko‘p xonadonli uy-joy fondidan foydalanishni nazorat qilish inspeksiyasi rahbari Abdunazar Erdonov tomonidan ushbu muammoni jurnalistlar bilan birgalikda joyida o‘rganib chiqish taklifi tushdi.

Anjumanda Urbanizatsiyaga doir masalalar yuzasidan Iqtisodiyot va sanoat vaziri o‘rinbosari - Urbanizatsiya agentligi direktori Jasur Aripov qatnashdi.

Iqtisodiyot va sanoat vazirligi huzuridagi
Urbanizatsiya agentligi