Muhim tadbir oldidan

11/11/2019 - 20:04 1370

Ma’lumki, joriy yilning 18-22 noyabr kunlari “O‘zekspomarkaz” milliy ko‘rgazmalar majmuasida navbatdagi O‘zbekiston sanoat yarmarkasi va kooperatsiya birjasi o‘tkazilishi rejalashtirilgan.

Bugun ushbu tadbirga tayyorgarlik ko‘rish, uni yuqori saviyada o‘tkazish maqsadida, tegishli vazirlik va idoralar, viloyat hokimliklari, hududiy boshqarmalar mutasaddilari ishtirokida kengaytirilgan yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.

Unda mas’ul vazirliklar va idoralar e’tibori bajarilishi lozim bo‘lgan qator vazifalarga qaratildi. Jumladan, qatnashuvchilarni joylashtirish, tuzilayotgan shartnomalarni onlayn tarzda vazirlikning elektron kooperatsiya birja Portali orqali rasmiylashtirish, ommaviy axborot vositalari orqali keng jamoatchilikka yetkazish, shuningdek, tarmoqlar hamda hududiy  korxonalarning yuqori saviyada ishtirokini ta’minlash yuzasidan kelishib olindi.