Yangi tashkil etilgan bo‘lim rahbar va mutaxassislari o‘z malakalarini oshirishdi

13/10/2019 - 11:14 1660

Vazirlikda ushbu tizimda yangi tashkil etilgan  Kichik biznes va tadbirkorlikni, muxandislik infratuzilmalari hamda kichik sanoat zonalarini rivojlantirish bo‘limi rahbarlari va xodimlari uchun malaka oshirish kurslari bo‘lib o‘tdi. Unda tizimdagi Qoraqalpog‘iston Respublikasi Iqtisodiyot va sanoat vazirligi hamda hududiy Iqtisodiyot va sanoat bosh boshqarmalarining tegishli mutaxassislari ishtirok etishdi.

Qisqa muddatli o‘quv kursida bo‘limning asosiy ustuvor vazifalari ko‘rsatib berildi, mavzular yuzasidan kurs so‘nnggida test imtihonlari olindi.

O‘quv mashg‘ulotlarini vazirlik huzuridagi Kichik biznes va tadbirkorlikni rivojlantirish agentligi mutasaddilari hamda Adliya vazirligi,  Davergeodezkadastr qo‘mitasi, Savdo-sanoat palatasi, respublika Xalq banki va Agro banki, Urbanizatsiya agentligi hamda Tadbirkorlik faoliyatini qo‘llab-quvvatlash davlat jamg‘armasining rahbar va yuqori malakali mutaxassislari olib bordilar.

 

Axborot xizmati