Manfaatli aloqalar rivoji

25/09/2019 - 20:50 256

Bugun Iqtisodiyot va sanoat vaziri Botir Xo‘jayev “British Amerikan Tobakko” kompaniyalar guruhining boshqaruvchi direktori, Yevropa, MDH va Shimoliy Afrika mintaqalari bo‘yicha vitse-prezidenti janob Yoxan Vandermyulen bilan uchrashdi.

Uchrashuvda “O‘3BAT A.J.” kompaniyasining faoliyati, istiqboldagi rejalari va eksport hajmini oshirish masalalari muhokama qilindi.

Y.Vandermyulen “O‘3BAT A.J.” kompaniyasi O‘zbekistonda 25 yildan beri samarali faoliyat yuritayotgani, respublikada olib borilayotgan oxirgi yillardagi ijtimoiy-iqtisodiy islohotlar kompaniya faoliyatiga ijobiy ta’sir ko‘rsatayotganini ta’kidladi.

Shuningdek, u mamlakatda biznes yuritish uchun yaratilayotgan imkoniyatlar va qulay investitsiya muhiti kompaniyaning ishlab chiqarish hajmi va eksportini oshirishiga katta turtki bo‘layotganini qayd etdi.