Qonunchilikdagi yangiliklar

07/09/2019 - 11:03 369

Namangan viloyatining Mingbuloq va Pop tumanlarida agrosanoat klasterini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risidagi Hukumat qarori qabul qilindi (736-son, 05.09.2019 y.). Bu haqda Adliya vazirligining “Huquqiy axborot” kanalida habar berilmoqda.

Qaror bilan Mingbuloq va Pop tumanlarida to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiyalarni, xalqaro moliya institutlarining mablag‘larini, xorijiy banklarning va tijorat banklarining kredit liniyalarini jalb qilish hisobiga agrosanoat klasterlari tashkil etildi.

Shunga ko‘ra, tarkibida 19 ta agrosanoat korxonasi mavjud bo‘lgan “Art Soft Holding” MChJ faoliyati yo‘lga qo‘yildi.

Xususan, MChJ tarkibiga kiradigan “Art soft tex cluster” fermer xo‘jaligiga Mingbuloq tumanida umumiy 30,9 ming gektar (shundan 27,1 ming gektar ekin maydoni) hamda Pop tumanida umumiy 31,5 ming gektar maydon (shundan 24,7 ming gektar ekin maydoni) 50 yilgacha, biroq 30 yildan kam bo‘lmagan muddatga ijaraga berildi.

Qarorga ko‘ra, tuproq unumdorligini oshirish, ekin yerlaridan oqilona va samarali foydalanish va ularni muhofaza qilish tadbirlarini amalga oshirish Agrosanoat klasterining asosiy vazifasi hisoblanadi.

Qaror bilan “Art Soft Holding” MChJ va uning tarkibiga kiradigan agrosanoat korxonalari tomonidan 2019-2020 yillarda amalga oshiriladigan investitsiya loyihalarining prognoz parametrlari tasdiqlandi.