Qonunchilikdagi yangiliklar

06/09/2019 - 15:55 137

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 5 sentyabrdagi PQ-5811-son qaroriga muvofiq ayrim normativ-huquqiy hujjatlarga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritildi. Bu haqda Adliya vazirligining “Huquqiy axborot” kanalida habar berilmoqda.

Kiritilgan o‘zgartirishlarga ko‘ra, chet el valyutasida daromad oluvchi yuridik shaxs tashkil etmagan yakka tadbirkorlar, shuningdek fermer xo‘jaliklari o‘z hisobvaraqlaridagi mablag‘larni faqat milliy valyutada yechib oladilar (hozirga qadar chet el valyutasida yechib  olishi mumkin bo‘lgan), chet el valyutasidan chet elda foydalanish bundan mustasno.

Shuningdek, tadbirkorlik sub’ektlariga ularning boshqaruv organlari 2017 yilning 5 sentyabriga qadar tashqi savdo kontraktlari bo‘yicha hosil bo‘lgan kreditor qarzdorlikni hisobdan chiqarish to‘g‘risida qaror qabul qilganida hisobdan chiqarilayotgan kreditor qarzdorlik summasiga soliq majburiyatlarini qo‘shib hisoblamaslikka ruxsat berildi.

Veb-sayt test holatida ishlamoqda.