“Nukus” erkin iqtisodiy zonasi tashkil etildi

05/09/2019 - 18:38 500

“Nukus” erkin iqtisodiy zonasini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida Prezident Farmoni qabul qilindi. Bu haqda Adliya vazirligining telegramdagi “Huquqiy axborot” kanali orqali xabar berilmoqda.

Farmonga ko‘ra “Nukus-farm” erkin iqtisodiy zonasi “Nukus” erkin iqtisodiy zonasiga aylantirildi.

Tashqi bozorlarda talab kuchli bo‘lgan va import o‘rnini bosuvchi mahsulotlar ishlab chiqarish maqsadida to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy va mahalliy investitsiyalarni jalb etish “Nukus” EIZning asosiy vazifalaridan biri etib belgilandi.

“Nukus” EIZning faoliyat yuritish muddati 30 yil bo‘lib, uning hududida alohida soliq va bojxona tartiblari amal qiladi.

Shuningdek, Farmonga ko‘ra “Nukus-farm” EIZ ishtirokchilari qo‘shimcha tartib-taomillardan o‘tmagan holda “Nukus” EIZ ishtirokchisi maqomiga ega bo‘ladi va ular uchun qonunchilikda avval nazarda tutilgan imtiyozlar va preferensiyalar saqlab qolinadi.