Samarqandda turizm yarmarkasi

04/07/2019 - 10:49 621

Joriy yilning 9-10 iyul kunlari Samarqand shahrida Mustaqil davlatlar hamdo‘stligi mamlakatlari (MDH) Turizm kengashining navbatdagi yig‘ilishi va birinchi turizm yarmarkasi o‘tkaziladi.

Mazkur format MDHiga a’zo mamlakatlarning turistik salohiyati bilan yaqindan tanishish, hamdo‘stlikdagi turizm sektorining muhim trendlari va yangiliklari bilan almashish, turizm tashkilotlari va biznes vakillari o‘rtasida to‘g‘ridan-to‘g‘ri muloqotni kuchaytirish uchun qulay imkoniyat yaratadi.

Tadbirning asosiy maqsadi – MDH mamlakatlari o‘rtasida qo‘shma turizm loyihalarining sonini oshirish, hamkorlik va ahil qo‘shnichilik aloqalarini mustahkamlashga qaratilgani bilan e’tiborlidir.

Aytish joizki, tadbir doirasida “Mustaqil davlatlar hamdo‘stligi mamlakatlarida turizm va mintaqaviy hamkorlik: yangi chaqiruvlar va imkoniyatlar”iga bag‘ishlangan xalqaro ilmiy-amaliy seminar ham bo‘lib o‘tadi.

Manba: Vazirlik matbuot xizmati