Joriy yilning 1 choragida to‘qimachilik va tikuv trikotaj sanoatida erishilgan natijalar to‘g‘risida

16/05/2019 - 11:43 2017

Mamlakatimiz iqtisodiyotida to‘qimachilik sanoatining ulushi sezilarli darajada oshib borishi natijasida keng turdagi sifatli to‘qimachilik va tikuv-trikotaj mahsulotlari ishlab chiqarilib, nafaqat ichki balki tashqi bozorlarga ham yo‘naltirilmoqda.

Jumladan, joriy yilning 1 choragida tarmoq korxonalari tomonidan 4,2 trln.so‘mlik mahsulotlar ishlab chiqarilib, o‘sish sur'ati o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 112,2 foizni tashkil etgan bo‘lsa, 2,3 trln.so‘mlik xalq iste'moli tovarlari ishlab chiqarilib, o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 120,0 foiz o‘sish sur'atlari ta'minlandi.

Hisobot davrida tarmoq korxonalari tomonidan barcha turdagi to‘qimachilik va tikuv-trikotaj mahsulotlari ishlab chiqarishda o‘sish sur'atlari ta'minlandi.

Shuningdek, hisobot davrida 361,6 mln. dollarlik mahsulotlar eksport qilingan bo‘lib, o‘sish sur'ati o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 114 foizni tashkil etdi.


Ishlab chiqarilgan eksportbop mahsulotlarning asosiy qismi Rossiya Federatsiyasi, Xitoy, Turkiya, Qirg‘iziston, Qozog‘iston Eron davlatlari, Koreya Respublikasi va boshqa 40 ga yaqin davlatlarga yo‘naltirildi.