Vazir o‘rinbosari Jahon savdo tashkilotining mas'ul vakilini qabul qildi

14/03/2019 - 16:21 1098

O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va sanoat vazirining o‘rinbosari S.Saifnazarov mamlakatimizni Jahon savdo tashkilotiga a'zo bo‘lish bo‘yicha Ishchi guruhining Raisi Ji-ah Paikni qabul qildi. 

Ma'lumki, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tashabbusi bilan qabul qilingan 2017-2021-yillarga mo‘ljallangan Harakatlar strategiyasida yetakchi xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlikni kengaytirish ko‘zda tutilgan. Bunda O‘zbekistonning Jahon savdo tashkilotiga kirish jarayonini yangilash respublika tashqi iqtisodiy faoliyatining ustuvor yo‘nalishlaridan biri sanaladi.

Shu maqsadda tashkil etilgan mazkur uchrashuvda tomonlar tegishli masalalar yuzasidan fikr almashishdi. Jumladan, mamlakatimizda mazkur xalqaro tashkilotning talablaridan kelib chiqqan holda milliy iqtisodiyotimizning yanada liberallashuvi, chunonchi, bank-moliya, soliq va bojxona tizimlarida, valyuta konvertatsiyasi masalalarida, ayniqsa, keyingi ikki yil mobaynida tubdan o‘zgarishlar amalga oshirilganligi e'tirof etildi.

Axborot xizmati