Kengaytirilgan Hay'at yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi

26/07/2016 - 18:56 4113

Bugun Iqtisodiyot vazirligi majlislar zalida kengaytirilgan Hay'at yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

Hay'at yig‘ilishida vazir hamda uning o‘rinbosarlari, Hay'at a'zolari, bosh boshqarma, boshqarma va bo‘lim boshliqlari, vazirlik tasarrufidagi tashkilotlar, shuningdek boshqa tegishli vazirliklar, idoralar va xo‘jalik birlashmalari rahbarlari, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Iqtisodiyot vaziri, viloyatlar hamda Toshkent shahar hokimliklari hududlarni kompleks rivojlantirish Yig‘ma boshqarmalari rahbarlari ishtirok etishdi.

Hay'at yig‘ilishining asosiy mavzusi 2016 yilning I yarim yilligida mamlakatni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish dasturining eng muhim yo‘nalishlarini amalga oshirish yakunlari hamda respublika iqtisodiyotining barqarorligini yanada oshirish, asosiy makroiqtisodiy ko‘satkichlari va maqsadli parametrlarining bajarilishini ta'minlash borasida joriy yilning II yarmida vazirlik va uning quyi tashkilotlari oldida turgan ustuvor vazifalarga bag‘ishlandi.

Kengaytirilgan Hay'at yig‘ilishida:

I Xalqaro meva-sabzavot yarmarkasi yakunlari;

O‘zbekiston Respublikasining 2017 yilgi ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishining asosiy parametrlari;

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi, viloyatlar hamda Toshkent shahar hokimliklari hududlarni kompleks rivojlantirish Yig‘ma boshqarmalarining kadrlar bilan ta'minlanganligi va ularning malakasini oshirish va boshqa masalalar muhokama qilindi.

Mazkur masalalar yuzasidan tegishli xulosalar chiqarildi va kelgusida bajariladigan ishlar bo‘yicha chora-tadbirlar belgilandi. Yig‘ilish tanqidiy va ishchan ruhda bo‘lib o‘tdi.

Iqtisodiyot vazirligi Axborot xizmati