Bolgariya Respublikasini Iqtisodiyot vaziri bilan bo’lib o’tgan uchrashuv to’g’risida

26/02/2016 - 18:59 15192

2016 yil 25 Fevral kuni Ozbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligida Bolgariya Respublikasining Iqtisodiyot vaziri Bogidar Lukarski bilan uchrashuv bo’lib o’tdi.

Uchrashuv chog’ida ikki yoqlama savdo-iqtisodiy, investitsiyaviy va moliya-texnikaviy hamkorlikning joriy holati va kelajakda o'zaro ikkitomonlama hamkorlikni yanada kengaytirish va mustahkamlash shuningdek, Bolgariya Respublikasining Iqtisodiyot vazirligi ishtirokidagi loyihalarni amalga oshirish masalalari muhokama qilindi.