Umumxalq xayriya hashari tadbiri ko‘tarinki kayfiyatda o‘tmoqda

12/03/2016 - 16:50 5172

Prezidentimizning 2016 yil 19 fevraldagi “2016 yilgi Navro‘z umumxalq bayramiga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish to‘g‘risida”gi qarorining ijrosini ta'minlash yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2016 yil 4 martdagi farmoyishiga muvofiq o‘tkazilayotgan umumxalq xayriya hasharida Iqtisodiyot vazirligi xodimlari ham hamjihatlik bilan faol ishtirok etishdi.

Iqtisodiyot vazirining tegishli buyrug‘iga ko‘ra, vazirlik hududida belgilangan reja asosida obodonlashtirish va ko‘rkamlashtirish ishlari olib borildi. Xususan, vazirlik hududidagi daraxtlarga shakllar berilib, oqlandi, bino atrofi va ariqlar keraksiz o‘tlar va shox-shabbalardan tozalandi.

Vazirlik xodimlarining roziligi asosida bir kunlik ish xaqini «Mahalla» respublika jamg‘armasiga o‘tkazishga qaror qilindi.