Idoralararo qaror loyihasi

12/06/2015 - 20:57 4911

LOYIHA

O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi
O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi

O‘zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi
O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasining qarori

O‘zbekiston Respublikasi hududiga olib kirishda import bojxona boji va qo‘shilgan qiymat solig‘idan ozod qilinadigan texnologik jihozlar ro‘yxatiga o‘zgartirish kiritish haqida

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2007 yil 14 martdagi PF-3860-son "Ishlab chiqarishni modernizatsiyalash, texnik va texnologik qayta jihozlashni rag‘batlantirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida"gi Farmonining 5-bandiga muvofiq, O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi, Moliya vazirligi, Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi va Davlat bojxona qo‘mitasi qaror qiladilar:

1. O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi, Moliya vazirligi, Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi va Davlat bojxona qo‘mitasining (ro‘yxat raqami 2436, 2013 yil 20 mart) (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2013 yil 25 mart, 12-son, 157-modda) bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasi hududiga olib kirishda import bojxona boji va qo‘shilgan qiymat solig‘idan ozod qilinadigan texnologik jihozlar ro‘yxatidaga birinchi izohni uchinchi xat boshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

“Olib kelinadigan texnologik jihozlarning ishlab chiqarilgan yilini tasdiqlash uchun "erkin muomalaga chiqarish" bojxona rejimiga bojxona rasmiylashtiruvi paytida olib kiritilayotgan texnologik jihozning ishlab chiqarilgan yilini tasdiqlovchi ishlab chiqaruvchi zavodning texnik pasporti yoki jihozlarni ular tomonidan ishlab chiqarilganligi, jumladan ishlab chiqarilgan yili to‘g‘risidagi tegishli ma'lumotlarni o‘zida jam etgan ishlab chiqaruvchining hujjatlari taqdim etiladi”.

2. Mazkur qaror rasman e'lon qilingan kundan boshlab uch oy o‘tgandan so‘ng kuchga kiradi.

Iqtisodiyot vaziri                                                      G. Saidova

Toshkent sh., 2015 yil «___»____________ __________________ - son

Moliya vaziri                                                            R. Azimov

Toshkent sh., 2015 yil «___»____________ __________________ - son

Tashqi iqtisodiy aloqalar, ivestitsiyalar va savdo vaziri                                                         E. G’aniev

Toshkent sh., 2015 yil «___»____________ __________________ - son

Davlat bojxona qo‘mitasi raisi                                                          Z. Dusanov

Toshkent sh., 2015 yil «___»____________ __________________ - son

 

Yuklab olish (zip, 110,6Kb)