Idoralararo qaror loyihasi

12/06/2015 - 20:33 4324

LOYIHA

O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi
O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi

O‘zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi
O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasining qarori

O‘zbekiston Respublikasi hududiga olib kiriladigan iste'mol tovarlarining ro‘yxatiga o‘zgartirish kiritish haqida

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining "O‘zbekiston Respublikasi tashqi iqtisodiy faoliyatini tartibga solishga doir chora-tadbirlarni davom ettirish to‘g‘risida"gi 2012 yil 10 sentyabrdagi PQ-1816-sonli qaroriga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi, Moliya vazirligi, Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi va Davlat bojxona qo‘mitasi qaror qiladilar:

1. O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi, Moliya vazirligi, Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi va Davlat bojxona qo‘mitasining 2013 yil 16 iyuldagi 40, 67, 7, 01-02/8-16-sonli qarori (ro‘yxat razami 2500, 2013 yil 12 avgust) (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2013 y., 33-son, 443-modda) bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasi hududiga olib kiriladigan iste'mol tovarlari  ro‘yxatiga ilovaga muvofiq o‘zgartirishlar kiritilsin.

2. Mazkur qaror rasman e'lon qilingan kundan boshlab uch oy o‘tgandan so‘ng kuchga kiradi.

 

Iqtisodiyot vaziri                                                      G. Saidova

Toshkent sh., 2015 yil «___»____________  __________________ - son

Moliya vaziri                                                            R. Azimov

Toshkent sh., 2015 yil «___»____________  __________________ - son

Tashqi iqtisodiy aloqalar, ivestitsiyalar va savdo vaziri                                                         E. G’aniev

Toshkent sh., 2015 yil «___»____________  __________________ - son

Davlat bojxona qo‘mitasi raisi                                                          Z. Dusanov

Toshkent sh., 2015 yil «___»____________  __________________ - son

 

O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi, Moliya vazirligi, Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi va Davlat bojxona qo‘mitasining
2015 yil «____» ___________ ______________-sonli qaroriga ILOVA

O‘zbekiston Respublikasi hududiga olib kiriladigan iste'mol tovarlarining ro‘yxatiga kiritilayotgan o‘zgartirish

TIF TN bo‘yicha  96-pozitsiya quyidagi tahrirda bayon etilsin:

9601, 9602 00 000**, (jelatin kapsulalaridan tashqari**),

9603 10 000-9603 40, 9603 90-9606 29 000 0, 9607 11 000 0-9607 19 000 0, 

9608-9609 90, 

9613 10 000 0-9613 80 000 0, 

9614 00-9617 00 00, 9619

Turli tayyor buyumlar

Yuklab olish (zip, 188,3Kb)